Orqaga
Calendar icon

“Rektor kubogi” doirasida stol tennisi musobaqalari o‘tkazildi


Qo‘qon davlat universitetida Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur sport musobaqasida Qo‘qon shahrining 68 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan saralab olingan 230 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

Musobaqa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi. Yakuniy natijalarga koʻra:

Oʻgʻil bolalar oʻrtasida

1-oʻrin: M. Abdurrahmon (8-MFY);

2-oʻrin: T. Rafiqov (6-MFY);

3-oʻrin: B. Boymurodov (34-MFY).

Qizlar oʻrtasida

1-oʻrin: M. Neʼmatova (18-MFY);

2-oʻrin: M. Namozova (39-MFY);

3-oʻrin: S. Muhammedova (27-MFY).

G‘olib va sovrindorlar Qo‘qon davlat universiteti tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.