Orqaga
Calendar icon

Qo‘qon davlat universiteti “Registrator ofisi” faoliyati o‘rganildi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi tomonidan Qo‘qon davlat universitetining “Registrator ofisi” faoliyati o‘rganildi.

Mazkur ishchi guruh tashrifi davomida bu yerda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ofisning funksional yo‘nalishlari, talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, ish jarayonlarining raqamlashtirilgan holati, mavjud moddiy-texnik baza va xodimlarning kasbiy malaka darajasi kabi jihatlar batafsil tahlil qilindi.

Ta’kidlash lozimki, “Registrator ofisi” oliy ta’lim tizimida ilg‘or va zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, talabalar va professor-o‘qituvchilarga ta’lim jarayonida tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish, akademik jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish, shaffof va qulay xizmatlar yaratish maqsadida faoliyat yuritmoqda.

Ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, “Registrator ofisi” faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq va samarali foydalanish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.