Orqaga
Calendar icon

Talabalar o‘rtasida maʼnaviy-maʼrifiy va intellektual tadbirlar davom etmoqda

Qo‘qon davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar o‘rtasida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy hamda intellektual tadbirlar muvaffaqiyatli tashkil etilmoqda.

Pedagogika fakulteti faol talaba-yoshlari o‘rtasida “Qalam va qalb” nomli adabiy-badiiy asarlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 50 nafardan ortiq iqtidorli talabalar ishtirok etib, o‘z ijodiy ishlari orqali hayot, kitob, insoniylik va yurtga bo‘lgan munosabatlarini o‘ziga xos tarzda ifoda etdilar.

Shuningdek, Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar fakultetida “Men sevgan asar qahramoni” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati o‘tkazildi. Talabalar o‘zlari sevgan badiiy asarlar va ularning qahramonlari haqida fikr almashib, bu qahramonlar hayotga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatgani haqida o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdilar.

Bundan tashqari, ushbu fakultet talabalari o‘rtasida ochiq osmon ostida shaxmat sport o‘yini tashkil etildi. Aql, mantiq va sabrni sinovdan o‘tkazadigan ushbu bellashuv talabalar dam olishi va fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qildi. Tadbir do‘stona va iliq muhitda o‘tkazildi.

#Dolzarb90Kun #Shaxmat