Orqaga
Calendar icon

Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi profilaktik uchrashuv


Qoʻqon davlat universitetining Pedagogika va psixologiya fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor Zulxumor Xayitova, universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori Gulnozaxon Shokirova, universitet katta inspektori Soxibjon Yo‘ldashev, fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Mutaxassislar tomonidan giyohvandlik vositalarining inson salomatligiga, oilaviy muhit va jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, jinoyatchilikka olib keluvchi omillar, ularning huquqiy oqibatlari va bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbir davomida ochiq muloqot tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan batafsil javob oldilar. Ayniqsa, xotin-qizlar xavfsizligi, yoshlar o‘rtasida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari yuzasidan muhim fikr-mulohazalar bildirildi.