Orqaga
Calendar icon

Gandbol: Qoʻqon davlat universiteti jamoasi musobaqaga yoʻl oldi

2026-yil 21–28-fevral kunlari Toshkent shahrida gandbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati Oliy liga musobaqalari (erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasida) boʻlib oʻtadi. Musobaqada respublikaning turli hududlaridan jami 14 ta jamoa gʻoliblik uchun bahs olib boradi.

Mazkur chempionatda Qoʻqon davlat universiteti erkaklar jamoasi ham ishtirok etadi. Universitet sharafini himoya qiladigan sportchilar bugun musobaqaga kuzatildi.

Jamoani Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ahmadjon Husanov hamda Sport klubi masʼullari bahslar oldidan ruhlantirib, ularga omad va muvaffaqiyat tiladilar.

Universitet jamoasiga musobaqalarda yorqin gʻalabalar tilaymiz.