“Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi
Qoʻqon davlat universitetida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovining 1-bosqichi e’lon qilinadi.
Tanlovda universitetning bakalavr va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishi mumkin.
G‘oliblar uchun imkoniyatlar:
—3 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo‘llanma oladi;
—Universitet bosqichida yuqori natija ko‘rsatganlar munosib rag‘batlantiriladi;
—Respublika bosqichi g‘olibiga loyiha uchun grant mablag‘i ajratiladi.
O‘z startap g‘oyangizni namoyish etish, tashabbusingizni amaliy loyiha darajasiga olib chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
Muhim eslatma: Startap g‘oyalarning daxlsizligi va mualliflik huquqi kafolatlanadi.
Startap g‘oyalarni yuborish: https://ijtimoiyfaollik.kokandsu.uz/
Loyihalarni topshirishning oxirgi muddati: 1-aprel
Ko‘rib chiqish va g‘oliblarni aniqlash: 10-aprel 2026-yil
Respublika bosqichi: 2026-yil aprel oyida
Murojaat uchun: 93 975 88 55