Orqaga
Calendar icon

Samaradorlik — ustuvor mezon: yangi KPI nizomi tasdiqlandi

Qoʻqon davlat universitetida professor-oʻqituvchilar oylik lavozim maoshiga 30% gacha qo‘shimcha moddiy ragʻbatlantiriladi.

Qoʻqon davlat universitetida taʼlim sifati va boshqaruv samaradorligini yanada oshirish maqsadida asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari — KPI tizimini joriy etish boʻyicha nizom tasdiqlandi.

Baholash quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:

✅akademik faoliyat va kadrlar sifati;

✅ilmiy-tadqiqot va uslubiy faoliyat;

✅xalqaro faoliyat va taʼlim eksporti;

✅maʼnaviy-maʼrifiy hamda tashkiliy faoliyat.

 Samaradorlik darajalari:

✅86–110 ball — yuqori samaradorlik;

✅71–85 ball — yetarli samaradorlik;

✅51–70 ball — oʻrtacha samaradorlik;

✅30–50 ball — past samaradorlik;

✅0–29 ball — oʻta past samaradorlik.

KPI natijalariga koʻra, professor-oʻqituvchilar oylik lavozim maoshiga 30 foizgacha miqdorida qoʻshimcha ustama bilan ragʻbatlantiriladi.