Qo‘qon davlat universiteti xalqaro hamkorlik sari muhim qadam tashladi
Joriy yilning 12-iyul kuni "Qo‘qon texnoparki" maxsus sanoat zonasida Qo‘qon davlat universiteti, “Hong Gang International” MCHJ XK (Xitoy–O‘zbekiston qo‘shma korxonasi) va “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” unitar korxonasi uch tomonlama hamkorlik memorandumi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
▪️ Talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash;
▪️ Iqtidorli yoshlarni amaliyotga yo‘naltirish;
▪️ Innovatsion ta’lim dasturlarini joriy qilish;
▪️ $60 mln.lik litiyli akkumulyator ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish.
Tadbirda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J. Xodjayev, Farg‘ona viloyati hokimi X. Bozorov ishtirok etdi.
Kelishuv jarayonlari Qo‘qon davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh. Pulatov, “Talabalar amaliyoti” bo‘limi bosh mutaxassisi B. To‘raho‘jayev tomonidan amalga oshirildi.