“Vatan sog‘inchi” — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan badiiy-musiqiy tadbir
Qo‘qon davlat universitetining San’at va sport fakulteti hamda Magistratura bo‘limi, San’atshunoslik va Filologiya mutaxassisliklari hamkorligida buyuk davlat va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlab “Vatan sog‘inchi” nomli badiiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda universitet talabalari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, Bobur ijodi va hayot yo‘li, shuningdek, uning ona yurtga bo‘lgan cheksiz muhabbati va milliy qadriyatlarni yuksak badiiy ifoda orqali namoyon etildi. Musiqiy va adabiy kompozitsiyalar tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi, milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhini uyg‘otdi.
Shu bilan birga, tadbir talabalarda san’atga, ona tili va adabiyotga qiziqishni oshirish, o‘zbek adabiy-madaniy merosini qadrlash va unga munosib hurmat bilan qarashga undash maqsadida o‘tkazildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar Bobur ijodining bugungi yoshlar hayotidagi ahamiyati va milliy madaniyatni rivojlantirishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.