Orqaga
Calendar icon

Amaliyot jarayonlari yangi tizim asosida tashkil etilmoqda

Qo‘qon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakultetida 2025/2026-o‘quv yilining ikkinchi yarim yilligi uchun talabalarning malakaviy amaliyotlarini samarali tashkil etish maqsadida ilmiy-uslubiy seminar o‘tkazildi.

Professor-o‘qituvchilar va amaliyot rahbarlari ishtirok etgan ushbu uchrashuvlarda asosiy e’tibor talabalarning nazariy bilimlarini bevosita amaliyot bilan bog‘lash, maktab va tegishli muassasalarda dars berish mahoratini oshirish hamda ilg‘or pedagogik metodikalarni qo‘llash masalalariga qaratildi.

Seminarlar davomida amaliyot faoliyati uchun zarur bo‘lgan hujjatlar — hisobotlar va kundaliklarni to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, amaliyot jarayonini raqamlashtirish maqsadida maxsus amaliyot platformasidan foydalanish tartibi alohida muhokama qilindi. Onlayn tizim orqali talabalar faoliyatini monitoring qilish va baholash mexanizmlari tahlil etildi.

Bunday tizimli yondashuv amaliyot jarayonining shaffofligini ta’minlash barobarida, bo‘lajak mutaxassislarning zamonaviy texnologiyalar asosida kasbiy mahoratini oshirishiga xizmat qiladi.