Orqaga
Calendar icon

Sirtqi ta’lim shaklida o‘qishini ko‘chirgan (tiklagan) bitiruvchilar diqqatiga!

Avvalgi o‘quv yillarida o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash jarayonida o‘quv rejalarida aniqlangan fanlar bo‘yicha (akademik qarzdorlik) farqlarni belgilangan tartibda qayta o‘qib olishingiz talab etiladi.

Akademik qarzdorlik holatini HEMIS axborot tizimi orqali talabaning shaxsiy kabinetidagi “Reyting daftarcha” yoki “O‘zlashtirish” bo‘limlari orqali aniqlash mumkin.

2025/2026 o‘quv yili uchun tasdiqlangan o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq, sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun qayta o‘qish jarayonlari quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:

2–3-kurs talabalari uchun: 2026-yil 1-iyundan 27-iyungacha;

4-kurs talabalari uchun: 2026-yil 8-iyundan 4-iyulgacha;

5-kurs talabalari uchun: 2026-yil 11-maydan 6-iyungacha.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi 836-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 15-bandiga muvofiq, yakuniy davlat attestatsiyasiga faqat tegishli fanlarni to‘liq o‘zlashtirgan, belgilangan kreditlarni jamlagan hamda to‘lov-kontrakt shartlarini to‘liq bajargan bitiruvchi talabalar kiritiladi.