Buxoroda respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi
Buxoro shahrida 2025-yil davomida o‘tkazilgan respublika miqyosidagi turli tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etildi.
E’tiborlisi, “Islohotlar bilimdoni” respublika tanlovida faxrli uchinchi o‘rinni Qo‘qon davlat universiteti magistranti, Qo‘qon shahar “Ma’rifat targ‘ibotchilari” guruhi a’zosi Xasanjon Xaydarov qo‘lga kiritdi. U “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha maxsus statuetka, Vazirlik diplomi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Marosim davomida g‘olib va sovrindorlarga sovrinlar topshirilar ekan, ularning ta’lim tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.