Orqaga
Calendar icon

"Navoiyning abadiy merosi" nomli adabiy-maʼnaviy tadbir boʻlib oʻtdi

Qoʻqon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakulteti hamda Boshlangʻich va texnologik taʼlim fakulteti ishtirokida “Amiriy” kutubxonasida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan adabiy-maʼnaviy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda universitetning birinchi prorektori Ahmajon Husanov, Qoʻqon shahar hokimining Maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Dilfuzaxon Alimova, oʻqituvchilar, talabalar, shuningdek, harbiy qism komandiri va askarlari mehmon sifatida ishtirok etishdi.

Dastur davomida talabalar tomonidan Navoiy gʻazallaridan namunalar oʻqildi, shoir ijodi va uning maʼnaviy merosi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir ishtirokchilari buyuk allomaning asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat va komillik gʻoyalari yosh avlod tarbiyasidagi muhim ahamiyatini taʼkidlashdi.