Mo‘yqalamdagi orzular: Qo‘qon davlat universitetida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Ilmda mening orzularim” mavzusidagi ko‘rik-tanlov talaba-qizlarning intellektual salohiyatini badiiy tasvirlar orqali namoyon etishga xizmat qilmoqda.
Qo‘qon davlat universitetida oʻtkazilgan tanlovda fakultetlararo saralangan ijodkor qizlar o‘z asarlarida ilm-fanning turli jabhalarini, kelajak texnologiyalarini va o‘zlarining ezgu maqsadlarini aks ettirdilar. Ayniqsa, "Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi" yo‘nalishi talabalarining ishlari hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi talaba-qizlar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, universitet ma’muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar:
1-o‘rin: Haminjonova Xumora
2-o‘rin: Abdumalikova Bibimaryam
3-o‘rin: G‘ulomova Mo‘minaxon va Ismoilova Muslimaxon