Orqaga
Calendar icon

Qo‘qon davlat universitetida ilm-fan fidoyilari e’tirof etildi

Qo‘qon davlat universitetining navbatdagi Kengash majlisi taqdirlash marosimi bilan boshlandi.

Majlisni universitet rektori, professor Dilnoza Xodjayeva ochib berar ekan, muassasada ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi ortib borayotganini alohida ta’kidladi.

Tadbirning eng hayajonli qismida Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) qaroriga muvofiq, ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga diplom hamda esdalik sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.

Kengash majlisi davomida universitetning kelgusidagi ilmiy-pedagogik rejalari va strategik maqsadlari va boshqa masalalar muhokama qilindi.