Orqaga
Calendar icon

Ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlari Davlat byudjetidan qoplab beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (28.01.2026 y. 32-son) bilan ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi (TTJ) yashash xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi tasdiqlandi.

Ushbu imtiyozdan «Ijtimoiy reyestr»ga kiritilgan oilalarning kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan farzandlari foydalanishi mumkin. Toʻlovlar talaba grant yoki kontrakt asosida oʻqishidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.

Qarorga koʻra, talabalar TTJga ustuvorlik asosida, navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi boʻlmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. Toʻlovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.