Orqaga
Calendar icon

“Zakovat kubogi”da g‘oliblar aniqlandi

Qo‘qon davlat universitetida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida navbatdagi “Zakovat kubogi” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

​Mazkur bilimlar bellashuvida universitetning barcha fakultet bosqichlarida saralab olingan eng kuchli jamoalar hamda do‘stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida taklif etilgan Qo‘qon universiteti jamoasi g‘oliblik uchun bahs olib bordilar. Savollar mantiqiy teranligi va kutilmagan yechimlari bilan barcha ishtirokchilarni chinakamiga sinovdan o‘tkazdi.

​Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra shohsupani quyidagi jamoalar egalladi:

​1-o‘rin: “Aura” jamoasi;

​2-o‘rin: “Shedevr” jamoasi;

​3-o‘rin: “Qo‘qon universiteti” jamoasi.

Bilimlar bellashuvida o‘zining o‘tkir zehnini namoyon etgan “Aura” jamoasi a’zosi Dilnura Hamdamova “Eng bilimdon talaba” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.