Orqaga
Calendar icon

Qo‘qon davlat universitetida siyosiy-ma’rifiy davra suhbatlari o‘tkazilmoqda

Qo‘qon davlat universitetida professor-o‘qituvchilarning siyosiy bilim va dunyoqarashini yanada mustahkamlash, ularning globallashuv sharoitida jahonda ro‘y berayotgan murakkab va tahlikali jarayonlarga nisbatan tahliliy yondashuvini shakllantirish maqsadida siyosiy-ma’rifiy davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

 Mazkur davra suhbatlarida xalqaro munosabatlar tizimida kuzatilayotgan keskin geosiyosiy jarayonlar, mintaqaviy va global xavfsizlik masalalari, axborot xurujlari, mafkuraviy tahdidlar hamda ularning jamiyat barqarorligi va ta’lim tizimiga ta’siri atroflicha muhokama qilinmoqda. Shuningdek, bugungi kunda dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan siyosiy jarayonlarning kelib chiqish sabablari, ularning oqibatlari va oldini olish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbirlar davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan ilgari surilgan fikr va mulohazalar asosida ochiq muloqotlar o‘tkazilib, dolzarb masalalar yuzasidan tahliliy xulosalar bildirildi. Davra suhbatlarida siyosiy ong va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlar tarbiyasida zamonaviy siyosiy bilimlarning ahamiyatini oshirish masalalari ham muhim yo‘nalish sifatida belgilandi.

Ta’kidlanishicha, bunday siyosiy-ma’rifiy tadbirlar professor-o‘qituvchilarning siyosiy jarayonlarga nisbatan mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga, shuningdek, ta’lim jarayonida zamonaviy siyosiy bilim va tahliliy yondashuvlarni samarali joriy etishga xizmat qiladi.

Mazkur davra suhbatlarini tizimli ravishda o‘tkazish orqali Qo‘qon davlat universitetida siyosiy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilarning kasbiy va intellektual salohiyatini oshirish ko‘zda tutilgan.