Orqaga
Calendar icon

Qo‘qon davlat universitetida yakuniy nazoratlar boshlandi

Qo‘qon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yilining yakuniy nazorat imtihonlari belgilangan jadval asosida boshlandi. Joriy semestrda yakuniy nazoratlar universitet miqyosida tizimli, markazlashtirilgan va qat’iy tartib asosida tashkil etilmoqda.

Bu yil yakuniy nazoratlar 143 ta fan bo‘yicha yozma ish shaklida o‘tkazilmoqda. Umumiy hisobda 9 ming 241 nafar talaba imtihon jarayonlarida ishtirok etib, o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini yozma ishlar orqali namoyon etmoqda. Mazkur yondashuv baholash jarayonida aniqlik, xolislik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Imtihon jarayonlarida adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida barcha yozma ishlar shifrlangan holda qabul qilinib, belgilangan baholash mezonlari asosida tekshirilmoqda. Natijalar bosqichma-bosqich tahlil qilinib, har bir talaba uchun teng va adolatli baholash muhiti yaratilmoqda. Bu esa baholash jarayonida subyektiv yondashuvlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Ayni paytda yakuniy nazorat jarayonlari amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilib, imtihonlar o‘quv jarayonining uzviy davomi sifatida olib borilmoqda. Universitet rahbariyati tomonidan jarayonning sifatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida doimiy monitoring ishlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joiz, Qo‘qon davlat universitetida yakuniy nazoratlarni ushbu tartibda tashkil etish ta’lim sifatini oshirish, talabalarning bilim darajasini xolis baholash hamda zamonaviy ta’lim talablariga mos baholash tizimini shakllantirishga qaratilgan izchil islohotlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.