Yangi yil arafasida e’tirof va e’tibor
Qo‘qon davlat universitetida 2025-yilning so‘nggi Kengash majlisi ko‘tarinki kayfiyatda, ilmiy yutuqlarni e’tirof etish bilan boshlandi. Yil yakuni va Yangi yil arafasida tashkil etilgan mazkur majlis universitet jamoasi uchun muhim va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.
Majlis avvalida OAK qaroriga muvofiq ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tantanali ravishda taqdirlandi. Universitet rektori, professor Dilnoza Xodjayeva ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ustozlarga diplomlar hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Rektor o‘z tabrik so‘zida yil davomida erishilgan ilmiy yutuqlar universitet salohiyatini yanada yuksaltirayotganini ta’kidlab, yangi ilmiy izlanishlar, muvaffaqiyatlar va zafarlar bilan kirib kelayotgan Yangi yil barchaga omad, mustahkam sog‘lik va ulkan marralar olib kelishini tiladi.