YUNESKO – Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti (2026-yil)
YUNESKO Tabiiy fanlar sohasidagi YUNESKO – Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofotining 2026-yilgi tanlovi e’lon qilinganini ma’lum qiladi.
Mazkur mukofot YUNESKOga a’zo davlatlarda inson hayotini yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar hamda ilmiy-amaliy faoliyatlarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan.
Mukofot miqdori:
Umumiy mukofot jamg‘armasi 300 000 AQSH dollarini tashkil etib, u 3 nafar g‘olib o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi:
Nomzodlar quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari lozim:
www.unesco.org/egip/account-reguest
Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar:
ariza varaqasi;
nomzodning mukofot maqsadlariga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot;
nomzodning ilmiy-amaliy faoliyati bo‘yicha qisqacha ma’lumot;
nomzodning eng muhim 10 ta ilmiy nashrlari ro‘yxati.
Talabgorlar universitet Xalqaro hamkorlik boʻlimiga hujjatlarini topshirishlari mumkin