“Sport zakovati” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi
Universitet Sport klubi hamda Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan “Sport zakovati” o'yini tashkil etildi.
Yangi yil bayrami arafasida o‘tkazilgan bilimlar bellashuvida barcha fakultet jamoalari mantiqiy savollar va sport tarixi bo‘yicha o‘zaro bilim sinashdilar. Tadbir davomida ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar hamda sportning inson hayotidagi o‘rni haqidagi qiziqarli faktlar yoshlar e’tiboriga havola etildi.
Bahslar natijasiga ko‘ra:
1-o‘rin: Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi
2-o‘rin: Gumanitar va tillar fakulteti jamoasi;
3-o‘rin: Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti jamoasi egalladi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
Tadbirning eng quvonchli lahzalari Qorbobo va Qorqizning tashrifi bilan davom etdi.