Qoʻqon davlat universitetida OAK raisi bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi
Bugun Qoʻqon davlat universitetida Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov ishtirokida muhim uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda universitet rektori Dilnoza Xodjayeva, soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda doktorantlar qatnashdi.
Uchrashuv davomida Axmadbek Yusupov oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida rejalashtirilayotgan yangiliklar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb tashabbuslar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbir ochiq muloqot va savol-javoblar tarzida o‘tkazilib, unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil va asosli javoblar oldilar.