Talabalar turar joyida yangi yil shukuhi
Qoʻqon davlat universitetining 3-sonli talabalar turar joyida “Yangi yil — yangi orzular sari qadam” mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan bayramona chiqishlar, kuy-qoʻshiqlar va raqslar namoyish etildi. Bayram tadbiri samimiy va koʻtarinki ruhda oʻtib, ishtirokchilarga yangi yilni katta umid va ezgu orzular bilan qarshi olish kayfiyatini ulashdi.