“Barhayot navolar” — milliy ohanglar tarannumi
Qoʻqon davlat universiteti Xalq ijodiyoti kafedrasi tashabbusi bilan “Barhayot navolar” nomli konsert dasturi tashkil etildi. Mazkur tadbir milliy musiqa va anʼanaviy sanʼat namunalarini keng targʻib etish, yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga boʻlgan mehrni yanada mustahkamlash maqsadida oʻtkazildi.
Konsert dasturida tajribali ustozlar tomonidan xalq qoʻshiqlari, mumtoz kuy-qoʻshiqlar hamda milliy cholgʻu asarlaridan iborat rang-barang ijrolar namoyish etildi. Ijrochilarning mahorati va jonli ijro yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida milliy madaniyatimizning barhayotligi, avloddan avlodga oʻtib kelayotgan musiqiy merosimizning bebaho ahamiyati yana bir bor eʼtirof etildi. “Barhayot navolar” konsert dasturi barchaga yuksak badiiy zavq ulashdi.