Orqaga
Calendar icon

Sun’iy intellekt ta’lim jarayonida: xalqaro vebinar bo‘lib o‘tdi

Qoʻqon davlat universiteti hamda Chexiyaning Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti (European Institute of Applied Science and Management) hamkorligida “Taʼlim jarayonida sunʼiy intellektdan foydalanish” mavzusida xalqaro vebinar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur vebinarda ta’lim tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, zamonaviy raqamli yechimlardan samarali foydalanish, shuningdek, xorijiy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalari muhokama qilindi. Tadbir davomida sun’iy intellektning o‘quv jarayonidagi o‘rni, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi ahamiyati yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Xalqaro vebinar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollar va bildirilgan fikrlar mavzuning dolzarbligini yana bir bor tasdiqladi. Tadbir ta’limda raqamli transformatsiyani rivojlantirish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.