Malayziya olimlari bilan seminar-trening
Qoʻqon davlat universiteti Xorijiy tillar filologiyasi fakulteti Xorijiy tillar metodikasi kafedrasi hamda Malayziyaning Pendidikan Sultan Idris universiteti (UPSI) olimlari hamkorligida “UPSI’da akademik hamkorlik va imkoniyatlar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda UPSI vakillari — Dr. Muhamad Lothfi bin Zamri va Intan Safinas binti Mohd Ariff Albakri ishtirok etdi.
Seminar-trening davomida akademik hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borish, taʼlim jarayonida tajriba almashish hamda ilmiy va taʼlimiy imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ishtirokchilar ushbu yoʻnalishlarda oʻzaro fikr almashib, istiqbolli hamkorlik rejalari yuzasidan takliflar bildirdilar.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, Pendidikan Sultan Idris universiteti Malayziyaning taʼlim sohasiga ixtisoslashgan yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri bo‘lib, u mahalliy va xalqaro oliy taʼlim muassasalari hamda tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy loyihalar, akademik almashinuv va bilim almashish dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Bunday hamkorliklar taʼlim sifati va ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.