Orqaga
Calendar icon

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida xalqaro vebinar bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon davlat universiteti Maktabgacha ta’lim kafedrasida Turkiyaning Tokat Gaziosmanpaşa universiteti bilan hamkorlikda xalqaro vebinar bo‘lib o‘tdi.

“Tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri (huquqiy, iqtisodiy va mehnat tarbiyasi)” mavzusiga bag‘ishlangan mazkur vebinarda Gaziosmanpaşa universiteti professori, Dr. Omer Faruk Sönmez hamda Qo‘qon davlat universiteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi professori, PhD Go‘zal Nazirova ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.

Vebinar davomida tarbiyaning muhim yo‘nalishlari, ularning bolalar va yoshlar shaxsiy rivojiga ta’siri, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida huquqiy, iqtisodiy va mehnat tarbiyasini shakllantirish masalalari keng muhokama qilindi. 

Tadbir savol-javoblar va fikr almashuvlar bilan davom etib, ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.