Orqaga
Calendar icon

Yotoqxona va ijaradagi talabalar holati joyida o‘rganildi

Qo‘qon davlat universitetida ijarada va talabalar yotoqxonasida istiqomat qilayotgan yoshlarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarga amaliy yechimlar topish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ahmadjon Husanov boshchiligidagi ishchi guruh ijarada hamda yotoqxonalarda yashayotgan talabalar xonalariga tashrif buyurib, ularning holati, yashash sharoitlari va muammolari bilan bevosita tanishdi.