Orqaga
Calendar icon

Ufa fan va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda xalqaro vebinar tashkil etildi

Qoʻqon davlat universiteti Geografiya va iqtisodiyot kafedrasida Boshqirdiston Respublikasidagi Ufa fan va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy vebinar boʻlib oʻtdi.

Vebinar “Tabiiy hududiy kompleks, landshaft tushunchasi. Landshaft xaritasi” mavzusiga bagʻishlanib, unda zamonaviy geografik tadqiqotlarda landshaft tushunchasi, uning tarkibiy qismlari hamda landshaft xaritalarining ilmiy va amaliy ahamiyati atroflicha yoritildi.

Tadbirda geografiya fanlari nomzodi, dotsent Zakira Latipova maʼruza qilib, mavzu doirasida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy misollarni ham keltirib oʻtdi. Maʼruza ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglanib, savol-javoblar va ilmiy munozaralar bilan davom etdi.