Orqaga
Calendar icon

Vebinar: Finlandiyada til o‘qitish tajribasi onlayn taqdim etildi

Qo‘qon davlat universiteti Fakultetlararo tillar kafedrasi tomonidan “Finlandiya oliy ta’lim muassasalarida tillarning o‘qitilishi” mavzusida vebinar tashkil etildi.

Tadbirda Finlandiya, Jyväskylä universiteti professori Ilhom Khalimzoda, Jyväskylä universiteti Tilshunoslik va pedagogika fakulteti talabasi Guzal Nortojieva hamda Qo‘qon davlat universiteti dotsenti Eldor Xusanov ishtirok etishdi.

Vebinar davomida ishtirokchilar Finlandiyada ta’lim olish imkoniyatlari, til o‘qitish tajribalari va samarali pedagogik yondashuvlar bilan tanishdilar. Tadbir ayniqsa til o‘qitish jarayonida ilg‘or metodlarni o‘rganishga qiziqqan talabalar va pedagoglar uchun foydali bo‘ldi.