Xalqaro konferensiya Qo‘qon DU o‘qituvchisining plenar ma’ruzasi bilan boshlandi
12–13-dekabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filialida “O‘zgarishlar davrida tabiiy fanlar: dolzarb muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro ishtirokdagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur anjuman Qo‘qon davlat universiteti Kimyo muhandisligi va geodeziya kafedrasi o‘qituvchisi Asror Jaloliddinovning plenar ma’ruzasi bilan ochildi.
Konferensiya doirasida tabiiy fanlar sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar, ilm-fan va amaliyot integratsiyasi, dolzarb muammolar hamda ularni hal etishning innovatsion yo‘llari muhokama qilinmoqda.