Orqaga
Calendar icon

“Dolzarb 90 kunlik” doirasida “Eng bilimdon guruh” aniqlandi


Qo‘qon davlat universitetida talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning badiiy tafakkurini rivojlantirish maqsadida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar fakultetida o‘tkazilgan “Eng bilimdon guruh” nomli viktorina badiiy asarlar asosida tashkil etildi. Unda talabalar o‘zlarining kitobxonlik saviyasi, tahliliy yondashuvi va erkin fikrlash qobiliyatini namoyish etdilar.

Tadbirda Navoiy davlat universiteti katta o‘qituvchisi Obloqul Urinov faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. U talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib borib, ularni badiiy adabiyotlarni chuqur o‘rganishga, fikr yuritish doirasini kengaytirishga undadi.

Viktorina davomida talabalar turli badiiy asarlar yuzasidan bahs-munozaralarda faol qatnashib, o‘z mulohazalarini erkin ifoda etdilar. Yakunda “Navoiy” jamoasi eng bilimdon guruh sifatida e’tirof etildi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.