Orqaga
Calendar icon

“Yangi daraxt — yangi nafas”: Respublikada ekochempionat start oldi

Ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiatni asrashga qaratilgan “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tashabbus doirasida aholining ekologik ongini kuchaytirish, yashil makonlar yaratish va atrof-muhitga mehr bilan munosabatni targ‘ib qilish maqsad qilingan.

Shuningdek, ushbu ekochempionat 2025-yildan boshlab har yili mart oyining ikkinchi yakshanbasi hamda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida muntazam o‘tkazib borilishi belgilangan.