Orqaga
Calendar icon

Qayta taqsimlanadigan davlat grantiga arizalar qabul qilish boshlandi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga asosan davlat grantlarini qayta taqsimlash tartibi belgilangan.

Ta’lim granti tanlovida 2024/2025 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olgan birinchi bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

Ta’lim grantiga talabgorlar http://grant.kokandsu.uz/ elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan holda ariza topshirishlari lozim.

Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki 20-iyuldan keyin murojaat qilgan, shuningdek, ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalar ta’lim granti tanlovida ishtirok eta olmaydi.

Qoʻshimcha savollar bilan Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha dekan oʻrinbosarilariga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Savollar bilan Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha dekan oʻrinbosarlariga murojaat qilish mumkin:

Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakulteti: Elyor Xolmatov, +998903444006

Filologiya fakulteti: Farruh Qushboyev, +998940411889

Ijtimoiy fanlar fakulteti: Fayoz Olimxodjayev, +998999273674

Kimyo-texnologiyalari va tabiiy fanlar fakulteti: Akmal Aliqulov, +998916996525

Muhandislik fakulteti: Farhod Ibragimov, +998911413633

Pedagogika fakulteti: Dilafruz Rahmatullayeva, +998912004013

San’atshunoslik va sport fakulteti: Abduaziz Parpiyev, +998908520525