“Yashil makon”: 2 800 dona terak koʻchatlari ekildi
Qo‘qon davlat universitetida “Yashil makon” 2025-yil kuzgi umummilliy dasturi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Tashabbus doirasida universitetning San’at va sport fakulteti hududidagi 0,4 gektar boʻsh yer maydoniga 2 800 dona terak koʻchatlari ekildi.
Mazkur ekish ishlari atrof-muhitni yanada obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish va talabalarga ekologik madaniyatni singdirish maqsadida amalga oshirildi. Aksiyada universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.