Universitetda ekologik madaniyatni targ‘ib qiluvchi yoshlar e’tirof etildi
Qo‘qon davlat universitetida talabalarning ekologik savodxonligi va atrof-muhitga mas’uliyatini oshirish maqsadida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” hamda “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, o‘zining bilim va faolligi bilan ajralib turgan talabalar g‘olib deb topilib, universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
G‘oliblar:
“Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi” — Gumanitar fanlar va tillar fakulteti talabasi Xolmirzayeva Oydinoy
“Ekologiya bilimdoni” — San’at va sport fakulteti talabasi G‘ulomova Mo‘minaxon
“Eng faol ekovolontyor” — San’at va sport fakulteti talabasi Muhammadjonov Otabek
“Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” — Pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi Shamatova Dilnoza