Orqaga
Calendar icon

Qo‘qon DU va Abay universitetlari o‘rtasida xalqaro vebinar o‘tkazildi

Qo‘qon davlat universiteti Musiqa nazariyasi kafedrasi hamda Abay nomidagi Qozog‘ milliy pedagogika universiteti hamkorligida “O‘zbek va qozoq musiqa ta’limi fanlarini o‘qitishda xorijiy tajribalardan foydalanish” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro vebinar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-uslubiy aloqalarni mustahkamlash, musiqa ta’limi yo‘nalishida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Vebinarda Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti professori Yerbolat Mustafayev, qozog‘istonlik tajribali professor-o‘qituvchilar, Qo‘qon davlat universiteti Musiqa nazariyasi kafedrasi jamoasi hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida musiqa pedagogikasi, milliy cholg‘u ijrochiligi, turkiy xalqlar musiqiy merosining o‘xshash jihatlari va ularni ta’lim jarayoniga kiritish bo‘yicha qiziqarli ma’ruzalar tinglandi. Professorlar kelgusida ham o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma loyihalar, seminar va mahorat darslarini o‘tkazish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.