“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi “Katta turk” mahalla fuqarolar yig‘inida “Bir Vatan – bir maqsad” shiori ostida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbir “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida o‘tkazilib, unda Qo‘qon davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ahmadjon Husanov, universitet professor-o‘qituvchilari, faol talabalar hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.
Tadbir davomida sport musobaqalari, she’rxonlik kechasi, viktorina va interaktiv muloqotlar tashkil etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bunday tadbirlar aholi qalbida vatanparvarlik, birlik va ijtimoiy faollik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.