Sun’iy intellekt fizika ta’limida: xalqaro tajriba almashinuvi
Zamonaviy texnologiyalar ta’lim tizimiga tobora chuqur kirib bormoqda. Xususan, sun’iy intellekt imkoniyatlari bugungi kunda fizika fanini o‘qitishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu maqsadda Qo‘qon davlat universiteti Fizika va astronomiya kafedrasi tomonidan xalqaro miqyosda onlayn vebinar tashkil etildi.
Mazkur vebinarda TOP–300 talik oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiruvchi Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti professori, fizik olim Abay Tursenbayev ishtirok etdi.
Professor Tursenbayev “Fizikani o‘qitishda sun’iy intellektning ahamiyati” mavzusida ma’ruza o‘qib, sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni, fizika fanini o‘qitish samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir davomida talabalar mutaxassis bilan bevosita muloqotda bo‘lib, raqamli ta’lim vositalarini amaliy o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.