Kasbiy (ijodiy) imtihonlar bir nechta yo‘nalishlarda davom etmoqda
2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari doirasida Qo‘qon davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ikkinchi kuni qizg‘in davom etmoqda.
Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan 405 nafar abituriyent bugun 100 va 1000 metrga yugurish bo‘yicha nazorat-sinov mashqlarini bajarishmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi imtihonlar aynan shu kun yakuniga yetishi rejalashtirilgan.
Musiqali teatr aktyorligi hamda dramatik teatr va kino aktyorligi yo‘nalishlariga hujjat topshirgan 30 nafar abituriyent ijodiy salohiyatini namoyon etish orqali kasbiy sinovlardan o‘tmoqda.
Shuningdek, voleybol yo‘nalishi bo‘yicha 32 nafar abituriyent ishtirokida imtihonlar davom etmoqda. Talabgorlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, texnika va taktik ko‘nikmalarini namoyish qilishmoqda.
Imtihonlar belgilangan tartib asosida, ochiqlik va xolislik tamoyillariga muvofiq tashkil etilgan.
#Qabul2025 #KasbiyImtihon