Orqaga
Calendar icon

Sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro vebinar o‘tkazildi

Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasi hamda Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti hamkorligida “Artificial Intelligence as a Tool for Academic Productivity: From Literature Search to Paper Writing” (“Akademik samaradorlikda sun’iy intellekt vositasi: adabiyot izlashdan maqola yozishgacha”) mavzusida xalqaro ilmiy vebinar tashkil etildi.

Mazkur onlayn uchrashuvda Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. Vebinar ma’ruzachisi — Tektibayeva Diana, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti filologiya fakulteti chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi bo‘ldi.

Tadbir davomida ma’ruzachi ilmiy tadqiqotlarda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ilmiy maqolalarni tayyorlash va adabiyot tahlilini avtomatlashtirish jarayonlaridagi zamonaviy yondashuvlar haqida so‘z yuritdi.

Vebinar yakunida ishtirokchilar sun’iy intellektni ta’lim va ilmiy faoliyatda tatbiq etishning istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Ushbu xalqaro vebinar professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda raqamli ta’lim muhitida yangi tajribalarni o‘rganishga xizmat qildi.