Qo‘qon davlat universiteti delegatsiyasi Chexiyada
Qo‘qon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayeva boshchiligidagi delegatsiya Yevropa universitetlarida ta’lim jarayoniga joriy etilayotgan innovatsiyalar bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Chexiyada
Tashrif doirasida Chexiya poytaxti Praga shahrida joylashgan Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti (EIASM)da hamkorlik dasturi asosida o‘quv kurslari tashkil etilgan bo‘lib, unda universitet vakillari faol ishtirok etmoqda. Ilk kundagi maʼruzalarni Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti Xalqaro aloqalar bo‘limi direktori, prorektor (PhD) Petr Hájek tomonidan oʻqildi.
Ma’lumot uchun: Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti (EIASM) 2011-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Chexiya Respublikasidagi professional ta’limni taklif etuvchi zamonaviy oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Qo‘qon davlat universiteti delegatsiyasining Chexiyaga amaliy tashrifi davom etmoqda.