Orqaga
Calendar icon

Talabalar “Ekomarafon”da birlashdilar

Atrof-muhitni muhofaza qilish, ona tabiatni asrash va ekologik muammolarni bartaraf etish — har bir insonning muqaddas burchidir. Shu maqsadda bugun erta tongdan Qo‘qon davlat universiteti talabalarining "Umidli yurt yoshlari" loyihasi aʼzolari “Ekomarafon” aksiyasini oʻtkazdilar.

Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, atrof-muhitni asrash hamda yoshlarning tabiatga bo‘lgan e’tibor va mehrini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Marafon davomida ko‘ngilli talabalar universitet atrofi va shahar ko‘chalarini toza, obod hamda yashil hududga aylantirish maqsadida bir qator amaliy ishlarni amalga oshirdilar. Ular yig‘ilgan plastik, qog‘oz, polietilen kabi chiqindilarni saralab, maxsus konteynerlarga joylashtirdilar.

Aksiya davomida ekologik madaniyatni yuksaltirishga da’vat etuvchi targ‘ibot ishlari olib borildi.