“Yashil makon” loyihasi doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Qo‘qon davlat universitetining Aniq fanlar va muhandislik fakultetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida atrof-muhitni yanada go‘zallashtirish, yashil hududlar barpo etish hamda talabalarda tabiatga mehr va mas’uliyat hissini kuchaytirish maqsadida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Tadbir davomida fakultet hovlisida yangi manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi, yashil hududlarga parvarish ishlari olib borildi. Talabalar va tyutorlar birgalikda “Yashil makon” tashabbusiga o‘z hissasini qo‘shishdi.