Qo‘qon davlat universitetida doktoranturaga qabul boshlandi
Qo‘qon davlat universitetida 2025-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrga qadar doktorantura va tayanch doktorantura (PhD va DSc) bosqichlariga 20 ta ixtisoslik bo‘yicha qabul jarayoni boshlanganligini ma’lum qilamiz.
Qabul quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha amalga oshiriladi:
1. 01.01.01 – Matematik analiz
2. 01.01.05 – Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
3. 02.00.09 – Tovarlar kimyosi
4. 02.00.10 – Bioorganik kimyo
5. 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi
6. 03.00.06 – Zoologiya
7. 03.00.13 – Tuproqshunoslik
8. 05.01.01 – Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va video texnologiyalari
9. 05.02.07 – Mashinasozlik mashinalari, apparatlari, agregatlari va qurilmalari
10. 05.05.04 – Sanoat issiqlik energetikasi
11. 05.05.07 – Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalari va elektr uskunalari
12. 10.00.01 – O‘zbek tili
13. 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
14. 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
15. 11.00.01 – Tabiiy geografiya
16. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
17. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
18. 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari va bosqichlari bo‘yicha)
19. 13.00.07 – Ta’limda menejment
20. 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Hujjatlar 2025-yil 5-noyabrga qadar Yagona elektron tizim (https://daraja.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi.