Qo‘qon davlat universiteti va Satbayev University o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Qo‘qon davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nigora Qodirova va Qozogʻistonning Satbayev Universityning xalqaro hamkorlik va strategik rivojlanish bo‘yicha birinchi prorektori Samgat Yermekbayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida tomonlar ta’lim, fan va akademik mobillik sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Kelishuvga ko‘ra, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va akademik almashinuvni rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, tomonlar birgalikda ta’limiy ko‘priklar barpo etish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda o‘qituvchi va talabalarning kasbiy o‘sishiga ko‘maklashish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.