Orqaga
Calendar icon

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha kirish test sinovlari o‘tkazildi

Qo‘qon davlat universitetida xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari belgilangan tartibda, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi. Abituriyentlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, xalqaro ta’lim muhitida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun o‘zaro raqobatbardosh muhitda ishtirok etdilar.

Mazkur qo‘shma ta’lim dasturlari yoshlarning xorijiy tajriba asosida zamonaviy bilim olishini ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.