Orqaga
Calendar icon

Qo‘shma ta’lim dasturlari kengayadi

Qo‘qon davlat universiteti xalqaro aloqalarini kengaytirish yo‘lida yana bir muhim qadam tashladi. Bugun universitet rektori Dilnoza Xodjayeva Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod shahrida joylashgan K.Sh. Toktomamatov nomidagi Xalqaro universitet vakillarini bilan uchrashdi.

Mehmonlar safida universitetning ilmiy ishlar, xalqaro aloqalar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Tologon Omoshev, shuningdek, Aspirantura va doktorantura bo‘limi boshlig‘i, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Azamat Kaliyev bo‘lishdi.

Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar, seminar-treninglar o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar universitetlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rasmiylashtiruvchi shartnomani imzolashdi. Ushbu kelishuv ikki oliygoh o‘rtasida ta’lim va ilm-fan yo‘nalishidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqadi.

Qo‘qon davlat universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashni maqsad qilgan.