Abituriyentlar diqqatiga!
Qoʻqon davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar — joriy yilning 8-iyul sanasidan 12-iyul sanasiga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazish JADVALI eʼlon qilinmoqda.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazish jadvali: https://kokandsu.uz/bachelors
Quyidagi havola orqali o‘zingizni qiziqtirgan imtihon dasturi va baholash mezonlari bilan tanishishingiz mumkin:
https://kokandsu.uz/practical_exam_programs
Eslatma:
Abituriyentlar https://my.uzbmb.uz/ platformasiga login va parollarini tergan holda Shaxsiy kabinet bo‘limiga kirishlari hamda kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishlari lozim.
Hurmatli abuturiyentlar!
Kasbiy (ijodiy) imtihon kunlari imtihon boshlanishidan 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan Qoʻqon davlat universiteti hududiga yetib kelishingiz lozim.
Quyidagi telefon raqam orqali qabul jarayoni bilan bogʻliq oʻzingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishingiz mumkin:
+99873-249-38-38